Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatar mo’jiza ko‘rsatdi

Qatar mo’jiza ko‘rsatdi

Foto: «the-afc.com»

Birlashgan Arab Amirliklari bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi finalida Yaponiya va Qatar terma jamoalari chempionlik uchun bahs olib borishdi.

Turnir kashfiyotiga aylanib ulgurgan Qatar jamoasi finalda ham juda xotirjam va sermahsul o‘yin ko‘rsatdi va Yaponiyaday nomdor jamoani 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Birinchi bo‘limda urilgan Ali Almu’izning goli esa, shubhasiz turnir bezagiga aylandi. U to‘pni juda chiroyli tarzda o‘ziga bo‘ysundirib, qaychi uslubida Yaponiya darvozasiga to‘p kiritdi.

Oradan 15 daqiqa o‘tgach, Hatim uzoq masofadan yo‘llangan zarba natijasida chiroyli gol urib, hisobdagi farqni oshirdi.

Ikkinchi bo‘limda Minamino yaponlarni kurashga qaytaruvchi golni urni urdi. Ammo kunchiqar mamlakat futbolchilari uyg‘onguncha, qatarliklar penaltidan gol urib, hisobni 3:1ga yetkazib qo‘ydi.

Qatar terma jamoasi shu tarzda o‘z tarixida ilk marotaba Osiyo chempioni bo‘ldi.

Yaponiya – Qatar 1:3 (0:2, 1:1)

Gollar: Minamino (69) - Almu’iz (12), Hatim (27), Afif (83 pen)

Yaponiya: Gonda, Nagatomo, Tomiyasu, Shiotani, Sakai, Yoshida, Shibasaki, Haraguchi, Minamino, Doan, Osako

Qatar: Ash-Shib, Korrea, Hasan, Salmon, Ar-Roviy, Madibo, Hatim, Xuxiy, Al-Haydos, Afif, Almu’iz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring