Bugundan videokamerasiz YPX xodimiga hujjat ko‘rsatmaslik mumkin

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 18-bandi 4-xatboshisiga binoan, haydovchilar mobil videokamerasiz xizmatni olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega.
Ushbu tartibni 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirish loyihasi mavjud, ammo hali u shunchaki loyiha xolos, rasmiy hujjat emas. Agar mabodo YPX xodimi sizga: «bu tartib 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi, hujjatlarni ko‘rsatishga majbursiz», — desa, Vazirlar Mahkamasining 975-sonli qaroriga hech qanday o‘zgarish kiritilmaganini, shu sababli YPX xodimining talabi noqonuniy ekanini tushuntiring. Kuchda turgan qarorga bo‘ysunishga hamma majbur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter