Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurak xurujidan oshqozon qanday ogohlantiradi?

Yurak xurujidan oshqozon qanday ogohlantiradi?

Foto: «My-Fly»

Ko‘ngil aynishi, yelka va belning chap tomonidagi og‘riq hamda oshqozonning to‘lib ketganlik hissi yaqinlashib kelayotgan yurak xuruji alomati bo‘lishi mumkin, deyiladi Amerika kardiologlar assotsiatsiyasi ma’lumotida. Bu haqda «MedicalXpress» xabar berdi.

Olimlar yaqinlashib kelayotgan xavf-xatarning keng tarqalgan alomatlari orasida nafas qisishi, ko‘krakdagi og‘riq va noxushlikni ajratib ko‘rsatishdi. Mutaxassislarning fikricha, ko‘pincha yurak kasalligi aynan ayollarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Mana, masalan, go‘zal jins vakillarining taxminan 90 foizi hayoti davomida yurak-qon tomir kasalliklari xavfining bir yoki bir nechta omiliga egalik qiladi. Biroq ularning 80 foizini bartaraf etish mumkin.

Buning uchun kardiologlar har yili profilaktik tekshiruvdan o‘tish, kuniga sakkiz soat uxlash va to‘g‘ri ovqatlanishni tavsiya etadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring