Yurak to‘xtab qolishi mumkin... Jaziramada sovuq suvda cho‘milish — har kimga ham emas
Kardiolog Yaroslav Ashixminning aytishicha, jazirama issiqda qo‘qqisdan sovuq suvga tushishdan ehtiyot bo‘lish kerak — haroratning keskin o‘zgarishi hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin.
«Sovuq yoki muzdek suvga tayyorgarliksiz sakrash yurakni to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmaganlar, ya’ni toblanib chiniqmaganlar uchun buning oqibati o‘lim bilan tugashi mumkin», — ogohlantirdi mutaxassis «Gazeta.ru»ga bergan intervyusida.
Jazirma issiqda alkogol ichimliklar iste’molidan ham tiyilgan ma’qul, tanadagi spirt organizmni issiq havo qarshisida ojiz qilib qo‘yadi.
Yana bir yomon tomoni, oftob urganini spirtli ichimlik oqibatidagi mastlik bilan chalkashtirish mumkin. Odatda bunaqa «dam olish»dan so‘ng tibbiyot xodimlarini bezovta qilishga to‘g‘ri keladi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter