«Yomon» xolesterin – yurak uchun xatar
Pensilvaniya shtatidagi olimlar har kuni bitta avokado yeyish tanada «yomon» xolesterin miqdorini kamaytirib, u bilan bog‘liq yurak-qon tomir kasalliklari xavfini pasaytiradi, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda «EurekAlert» press-relizida ma’lum qilingan.
Tadqiqotda semizlik yoki ortiqcha vazndan qiynalayotgan 45 kishi ishtirok etgan. Tajriba boshida ko‘ngillilar ikki hafta davomida ko‘p miqdorda yog‘ va uglevodlar bilan oziqlanishdi. So‘ngra qatnashuvchilar uchta sog‘lomlashtiruvchi parhezdan birini tanlashdi: yog‘i kam, yog‘i o‘rtacha yoki kuniga bittadan avokado yeyish.
Besh hafta o‘tgach avokado iste’mol qilgan qatnashchilarda boshqalarga qaraganda past zichlikdagi lipoprotein darajasi eng kam bo‘lib chiqdi. Bundan tashqari, ularda lyutein antioksidanti darajasi ko‘paygan.
«Yomon» xolesterin deb past zichlikdagi lipoprotein bilan bog‘liq xolesteringa aytiladi. Qonda past zichlikdagi lipoproteinning yuqori darajasi ateroskleroz rivojlanishi xavfi ortishi bilan bog‘liq. Yuqori zichlikdagi lipoproteinlar «yaxshi» xolesterin tashuvchilari hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter