Uy yumushlari qancha kaloriya sarflaydi?
Fitnes-klublar yopilgan, gantel ko‘tarish zerikarli, odam esa kundan-kunga to‘lishib ketyapti...
Uydagi oddiy yumushlar ham kaloriyadan xalos bo‘lishga yordam beradi. Pandemiya tufayli uyda o‘tirishga majbur bo‘lganlar uchun bu yaxshi imkoniyat.
Mutaxassislar bitta shokoladli konfet kaloriyasini (80 kkal) sarf qilish uchun tanamizga qancha vaqt talab etilishini hisoblab chiqishdi. Buning uchun shartli ravishda vazni 70 kilo keladigan odam tanlangan. Bundan yengilroq bo‘lsangiz, bitta konfetdagi 80 kkal sekinroq, og‘ir bo‘lsangiz, aksincha, tezroq yo‘qoladi.
Televizor tomosha qilish — 1,5 soat
Kitob o‘qish — 1 soat
Choyshab to‘shash — 34 daqiqa
Dazmol qilish — 30 daqiqa
Idish yuvish, dasturxon yig‘ishtirish — 28 daqiqa
Kechki ovqat tayyorlash — 26 daqiqa
Bola bilan o‘ynash — 25 daqiqa
Changyutgich bilan xona tozalash — 20 daqiqa
Santexnika tozalash — 18 daqiqa
Deraza artish — 17 daqiqa
Mebelni siljitish — 10 daqiqa
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter