Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uy yumushlari qancha kaloriya sarflaydi?

Uy yumushlari qancha kaloriya sarflaydi?

Foto: «mytaskpal.com»

Fitnes-klublar yopilgan, gantel ko‘tarish zerikarli, odam esa kundan-kunga to‘lishib ketyapti...

Uydagi oddiy yumushlar ham kaloriyadan xalos bo‘lishga yordam beradi. Pandemiya tufayli uyda o‘tirishga majbur bo‘lganlar uchun bu yaxshi imkoniyat.

Mutaxassislar bitta shokoladli konfet kaloriyasini (80 kkal) sarf qilish uchun tanamizga qancha vaqt talab etilishini hisoblab chiqishdi. Buning uchun shartli ravishda vazni 70 kilo keladigan odam tanlangan. Bundan yengilroq bo‘lsangiz, bitta konfetdagi 80 kkal  sekinroq, og‘ir bo‘lsangiz, aksincha, tezroq yo‘qoladi.

Televizor tomosha qilish — 1,5 soat

Kitob o‘qish — 1 soat

Choyshab to‘shash — 34 daqiqa

Dazmol qilish — 30 daqiqa

Idish yuvish, dasturxon yig‘ishtirish — 28 daqiqa

Kechki ovqat tayyorlash — 26 daqiqa

Bola bilan o‘ynash — 25 daqiqa

Changyutgich bilan xona tozalash — 20 daqiqa

Santexnika tozalash — 18 daqiqa

Deraza artish — 17 daqiqa

Mebelni siljitish — 10 daqiqa

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring