Tromb alomatlari kuchli xavfdan darak
Tromboz har kimda yuz berishi mumkin, lekin bu haqda sira o‘ylab ko‘rmaganmiz. Natijada sog‘lik bilan bog‘liq jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin bo‘lgan alomatlarga ham e’tibor bermaymiz. Trombozning quyidagi alomatlarini aslo bee’tibor qoldirib bo‘lmaydi, deb yozadi «Rambler».
Shish, og‘riq va teri rangining o‘zgarishi
Oyoq-qo‘llardagi og‘riq va kuchli shish, qizarish yurak-qon tomir tizimidagi muammo tufayli qon bilan yaxshi ta’minlanmayotganini bildiradi. Bunga katta ehtimol bilan tromb sababchi bo‘lishi mumkin. Bunday shishga tegilganda odatda nihoyatda yoqimsiz hisni chaqiradi, ba’zida odam hatto xasta oyoq-qo‘liga tayanolmaydi. Ushbu alomatda zudlik bilan shifokor qabuliga shoshilish darkor.
Oyoqdagi og‘riq
Tromboz alomati hisoblanadigan og‘riq to‘satdan yuzaga kelib, odatda juda kuchli kechadi. Ko‘pincha odamlar bu alomatni tomir tortishishi bilan adashtirishadi. Biroq tomir tortishgandagi og‘riq bir necha daqiqada o‘tib ketadi. Trombozdagi kuchli og‘riq esa bir necha soat davom etishi mumkin.
Sababsiz yo‘tal va nafas siqishi, ko‘krakdagi og‘riq
Bunday alomatlar nafaqat bronxit yoki boshqa o‘pka kasalliklarida, balki o‘pka arteriyasi tromboemboliyasida ham kuzatilishi mumkin. U nihoyatda xavfli. O‘pka arteriya tomirlarida yuzaga kelgan tromb o‘limga olib kelishi hech gap emas. Odam odatda sababsiz yo‘taldan qiynaladi, ko‘ksini to‘ldirib nafas ololmaydi, kislorod yetishmasligidan aziyat chekadi. Shu kabi alomatlar paydo bo‘lganda shifokor qabuliga shoshiling.
Kuchli bosh og‘rig‘i
To‘satdan va xavotirli kuchli bosh og‘rig‘i hatto og‘riqsizlantiruvchi preparat qabulidan keyin ham to‘xtamasa, miya tomirlarida tromb borligidan dalolat berishi mumkin. Maslahatimiz — shifokorga borishni paysalga solmang!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter