Tokioda jazirama tufayli 30 kishi shifoxonaga yotqizildi
Seshanba kuni Tokioda jazirama tufayli 30 kishi shifoxonalarga yotqizildi, ulardan ikki nafari — og‘ir ahvolda, deya xabar berdi «NHK» telekanali.
Tokioda issiq ob-havo tufayli 25 yoshdan 99 yoshgacha bo‘lgan 30 kishi shifoxonaga yotqizildi. Ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda.
Tokio yong‘in zavfsizligi boshqarmasi konditsionerlardan foydalanishni, kuchli jismoniy yuklamalardan saqlanishni hamda ko‘proq suv ichishni tavsiya etadi. Mutaxassislar, shuningdek, odamlar orasida yetarlicha masofa bo‘lganda niqoblarni yechishni maslahat berishmoqda.
Chorshanba kuni Yaponiya poytaxtida termometr ustuni qariyb 31 darajagacha ko‘tarilgan. Xonsyu orolining shimoli-sharqida bundan ham issiqroq ob-havo — 33 daraja qayd etildi. Kunning oxiriga borib sinoptiklar havo harorati Tokioda 32, Fukusima, Yamagata, Naganoda 34-36 darajagacha ko‘tarilishini ma’lum qilishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter