Televizorni to‘g‘ri tanlashning 3 noodatiy usuli — O‘zbekistonda televizorni qanday tanlash mumkin?
Televizor xaridi oila uchun muhim voqea. Zero, sevimli filmlar tomoshasi qanchalar yoqimli bo‘lishi, shu bilan birga texnikaning ishlash muddati ham tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishga bog‘liq. Ushbu maqolada texnik jihatlarni yaxshi tushunmasangiz ham sifatli televizor tanlashga yordam beruvchi uchta noan’anaviy maslahatni taqdim etamiz.
Mayda detallarga e’tibor qarating
Tanlov qilishda nafaqat televizor diagonali, balki boshqa kichik jihatlar ham muhim. Qayerdan xarid qilishingizdan qat’i nazar (oddiy do‘kon yoki internet-do‘koni) televizorning tashqi ko‘rinishiga e’tibor qarating. Unda mexanik shikastlanishlar yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Ba’zida texnikani ko‘chirish/transportirovka qilish jarayonida qirilish va ko‘chish holatlari yuzaga keladi. Ayniqsa, ekranga zarar yetmagan bo‘lishi juda muhim. Shu sababdan, do‘konda mahsulotni sotib olish va yetkazib berish xizmatlaridan foydalanish chog‘ida qadoqni ochib, texnikaning butunligini tekshiring.
Televizorni do‘konda qanday tanlash mumkin
Agar do‘konda bo‘lsangiz, oddiy test o‘tkazing: televizor ekrani ustidan barmog‘ingizni yurgazib ko‘ring. Arzongarov televizorlarda ekrandagi kristallar «chaplanib»/«surkalib» ketadi, sifatlilarida esa tasvir o‘zgarishsiz qoladi. Bundan tashqari, ekranga o‘tkir burchak ostidan nazar soling: agar bunda tasvir sifati buzilsa, demak qurilmaga sifatsiz matritsa o‘rnatilgan. Misol uchun, GAZER smart televizori IPS texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, u ko‘rish burchagi o‘zgarganda ham tasvir sifatli bo‘lib qolishini ta’minlaydi.
Biroq GAZER televizorlarining o‘ziga xos g‘ururi bu ranglar va detallar tasviri yuqori sifatli, filmlar tomoshasi esa ajoyib va qulay bo‘lishini ta’minlovchi kinematografik ekranidir. Shuningdek, GAZER televizorlarida yumshoq LED-yoritgichlar bo‘lib, ular bilan hatto televizor qarshisida uzoq vaqt o‘tirish ham ko‘zni charchatmaydi.
Barchamiz smartfon yoki noutbukda xotira hajmi qanday bo‘lishini yaxshi bilamiz. Agar siz do‘kon maslahatchisidan televizor xotirasi haqda so‘rasangiz, u katta ehtimol bilan aksariyat modellar xotirasi 4 GBdan oshmasligini aytadi. GAZER televizorlarining yangi modellari esa 16 GBlik ichki xotiraga ega bo‘lib, bu deyarli cheklanmagan ilovalar va xizmatlarni o‘rnatish imkonini beradi.
Kontent sifatini qanday tekshirish mumkin
Agar siz maishiy texnika do‘koniga kelsangiz, ko‘pincha barcha televizorlarda deyarli bir xil kontent (asosan reklama videolari) qo‘yilganini ko‘rasiz. Bunday holda turli televizorlar o‘rtasidagi farqni qanday aniqlash mumkin? O‘zingizga ma’qul kelgan televizor modelini tanlaganingizdan so‘ng, sotuvchidan siz ko‘rishni rejalashtirgan kontentni (masalan, sevimli film yoki serialingiz, onlayn-kinoteatr) qo‘yib berishni so‘rang. Shuningdek, siz foydalanmoqchi bo‘lgan ilovalarni o‘rnatib berishni ham iltimos qiling.
Shu yo‘l bilan siz o‘z uyingizda ko‘rmoqchi bo‘lgan muayyan videoning tasvir sifati sizga to‘g‘ri kelishiga ishonch hosil qilasiz. Ko‘pincha «joyida» biroz shoshib qolish mumkin, shuning uchun qurilmani o‘zingiz ishonadigan yaqin insoningiz bilan birga tanlagan ma’qul. Shunda hech kim sizga to‘g‘ri kelmaydigan televizor modelini xarid qilishga unday olmaydi. Shuningdek, xariddan kutayotgan talablaringizni yozib olishingiz ham mumkin. Masalan, siz uchun televizor uyingiz intereriga mos tushishi yoki internetdan video ko‘rishga mo‘ljallangani muhim bo‘lishi mumkin.
Yana bir muhim masala – bu O‘zbekistonda televizor narxlari: GAZER televizorlarining narx va sifat uyg‘unligi sizda yoqimli hayrat uyg‘otadi. Yodda tuting, GAZER televizorlarining imkoniyatlari bo‘yicha qo‘shimcha savollaringizni istalgan paytda bizning ishonchli hamkorimiz – Texnomart do‘koni maslahatchilariga berishingiz va xaridingiz siz kutgandanda a’lo chiqishiga amin bo‘lishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter