Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘qolgan telefonni «Google» yordamida topishni bilasizmi?

Yo‘qolgan telefonni «Google» yordamida topishni bilasizmi?

Foto: «Geek-Nose»

Hech uyingizda turgan smartfoningizni qidirib sarson bo‘lganmisiz? Tanish holat, shunday emasmi? Shuyam muammomi, boshqa telefondan qo‘ng‘iroq qilinsa bas — topiladi, masala hal deyishingiz mumkin. Buyam yaxshi, sinalgan usul. Ammo uyda yolg‘iz qolganingizda, ya’ni telefon bitta (ya’ni siz qidirayotgan telefon) bo‘lsa nima qilasiz?

Bunday vaziyatda «Google» va uning qurilmalarni boshqarish servislari sizga yordamga keladi. Ya’ni siz qidirayotgan smartfonga «Google» qo‘ng‘iroq qiladi.

«Google»dan qo‘ng‘iroq olish oson. Buning uchun:

  1. «Google»ning qurilmalarni boshqarish sahifasiga kirasiz.
  2. Ro‘yxatdan kerakli qurilmani topasiz.
  3. «Qo‘ng‘iroq qilish» bandini tanlaysiz.

Shundan so‘ng telefoningiz jiringlaydi va uni osongina topib olasiz. Foydalanishni tavsiya qilamiz!

Eng qizig‘i, smartfoningiz «ovozsiz» rejimda bo‘lsa ham «Google» qo‘ng‘irog‘iga ovoz beradi!

Eslatma! «Qurilmani topish» servisidan foydalanish uchun hech bo‘lmaganda bitta android-qurilmangizni oldindan faollashtirishingiz zarur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring