Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokorlar eng xavfli alkogolli ichimlikni ma’lum qilishdi

Shifokorlar eng xavfli alkogolli ichimlikni ma’lum qilishdi

Foto: «Twitter.com»

Shifokor-psixiatr, narkolog, tibbiyot fanlari nomzodi Daniil Pokrovskiy qaysi alkogolli ichimlik sog‘lik uchun eng xavfli ekanligini ma’lum qildi, deya xabar berdi «Vechernyaya Moskva».

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, pivoni taqiqlash kerak, chunki uning tarkibida zararli moddalar juda ko‘p.

«Pivo tarkibidagi ko‘pik, rang, ta’m, kobalt metalli — odam salomatligi uchun nihoyatda zarar», — deydi shifokor.

Uning izohlashicha, mazkur modda kardiotoksik bo‘lib, narxi qancha bo‘lishidan qat’i nazar, kunlik miqdori 375 millilitrdan oshib ketsa, turgan-bitgani zarar.

Pokrovskiyning fikricha, pivo tarkibidagi metallar yurak semirishi va kardiopatiyaga olib keladi. Bu esa inson hayoti uchun xatarlidir.

Mutaxassis misol tariqasida kobaltli bo‘yoqdan foydalangan O‘rta asr musavvirlarini keltirdi: ushbu metallning toksikligi bois rassomlar uzoq umr ko‘rishmagan. Narkologning fikricha, pivo ishqibozlari kobaltdan zaharlanib qolishi hech gap emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring