Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobus boshqaruvni yo‘qotib, «Kobalt»ga to‘qnashdi

Toshkentda avtobus boshqaruvni yo‘qotib, «Kobalt»ga to‘qnashdi

Joriy yilning 7-may kuni, ijtimoiy tarmoqda 120-sonli avtobus yo‘l-transport hodisasi sodir etganligi aks etgan video tarqaldi. 

Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ bayonot berdi.

Aytilishicha, Olmazor tumani «Keles yo‘li» ko‘chasi va «Sag‘bon» ko‘chasi chorrahasida 120-sonli «Chorsu» - «Ko‘kterak» yo‘nalishda harakatlanayotgan, (haydovchi 1985-yilda tug‘ilgan) S.B boshqaruvidagi avtobusning old o‘ng tomonidagi g‘ildiragi (shina) yorilib ketishi natijasida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, «Kobalt» rusumli avtomobilning oldi chap tomonidan urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobus haydovchisi S.B qattiq qo‘rqqanligi natijasida shok holatiga tushgani va «Kobalt» haydovchisi Z.Z larga tez tibbiy yordam ko‘rsatilib shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirgi vaqtda yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar haqida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring