Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor soqolning foydasini asoslab berdi

Shifokor soqolning foydasini asoslab berdi

Foto: «Wallhere.com»

Rossiyalik oliy toifali shifokor-dermatovenerolog, tibbiyot fanlari nomzodi Natalya Kozlova soqol bilan mo‘ylovning foydasi haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda «Argumenti i fakti» xabar bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, soqol va mo‘ylov teriga ultrabinafsha nurlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishidan himoya qiladi. Bu esa onkologiya xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, yuzdagi tuklar terini namiqtirib, undagi tabiiy moyni saqlashga yordam beradi. Shifokor allergik reaksiyaning kamayishini yana bir ijobiy xususiyat deb baholagan. Negaki, soqol bilan mo‘ylov turli qo‘zg‘atuvchilarga qarshi o‘ziga xos filtr vazifasini bajaradi.

Shuningdek, soqol qo‘ygan yigitlar ustaradan kam foydalanishadi. Bu yuzning tez-tez jarohatlanish ehtimolini kamaytiradi.

Kozlovaning ta’kidlashicha, soqol va mo‘ylovni toza saqlash kerak. Aks holda u bakteriyalar makoniga aylanadi. Bu esa turli teri kasalliklarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring