Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor terini qarishdan saqlovchi muhim elementni ochiqladi

Shifokor terini qarishdan saqlovchi muhim elementni ochiqladi

Tanadagi temir miqdori muvozanati ayollarning teri tuzilishiga jiddiy ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bu haqda rossiyalik diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Mixail Ginsburg ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda ko‘pchilik ayollarda salomatlik uchun zarur bo‘lgan ushbu element yetishmaydi va bu yetishmovchilik har doim ham klassik anemiya shaklida o‘zini namoyon qilmaydi. Shuning uchun har bir ayol muntazam ravishda ferritin uchun testdan o‘tishi kerak.

«Ferritin — bu qon zardobida temir mavjud bo‘lgan shakl. Ferritinning normasi 20-200 mkg/lni tashkil qiladi. Ferritin qiymati 30 mkg/ldan past bo‘lsa, ehtiyot bo‘lishingiz kerak», — deb tushuntirdi Ginsburg.

Shifokorning aniqlik kiritishicha, temir tanqisligi belgilari teri rangi oqarishi, charchash, letargiya, befarqlik, hayotga qiziqishning yo‘qolishi kabi muammolardir.

Ushbu element yetishmovchiligini to‘ldirish uchun diyetaga temirni o‘z ichiga olgan oziq-ovqatlarni, shu jumladan go‘sht, jigar va bargli sabzavotlarni, shuningdek, dori-darmonlar va vitamin preparatlarini kiritish kerak, deydi diyetolog.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring