Shifokor semirishning asosiy sabablaridan birini ma’lum qildi
Shifokor-diyetolog Yelena Motova uyqu sifati va davomiyligi bilan odamning vazni o‘rtasida bog‘liqlik borligini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, odam qancha ko‘p kam uxlasa, ortiqcha vazn to‘plash xavfi shuncha yuqori bo‘ladi.
«Tadqiqot natijalariga ko‘ra, charchaganimizda va uyquga to‘ymaganimizda ko‘proq ovqatlanamiz va asosan kaloriyali taomlarni tanlaymiz. Ushbu tamoyilni izohlovchi gormonal gipoteza mavjud: uyqu yetishmovchiligi leptin va grelin gormonlari ishlab chiqarilishiga shunday ta’sir qiladiki, bu ishtahaning oshishiga olib kelishi mumkin», — deb tushuntirdi ekspert.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter