Keksalikning ham hidi bo‘ladimi?
30 yoshdan so‘ng odamning terisi hid taratuvchi o‘ziga xos moddalar – 2-nonenal ishlab chiqara boshlaydi. Yillar o‘tishi bilan bu hid yanada kuchayib boraveradi. Biroq olimlar yoqimsiz hidni kamaytirish sirini fosh etishdi.
Yosh o‘tgan sari odamning terisi yog‘ kislotalarini bir necha baravar ko‘p hamda uning ta’sirini kamaytiradigan antioksidantlarni nisbatan kam ajrata boshlaydi. Shu bois o‘ziga xos hid paydo bo‘ladi. Uni hech qanday gigiyenik vosita bilan yo‘qotib bo‘lmaydi. Biroq olimlar bir qancha tadqiqotlar o‘tkazishib, hidni yoshartirish mumkinligini aniqlashdi. Tajribalarga ko‘ra, muntazam sport bilan shug‘ullangan, toza suvni ko‘p ichgan va yog‘li taomga ruju qo‘ymagan keksalarda tanadagi o‘ziga xos hid nosog‘lom va kamharakat turmush tarzini olib borgan kishilarga qaraganda unchalik sezilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter