Jazirama issiqlik uchun maqbul taom
Jazirama issiqlikda qaysi taom maqbul sanalishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Margarita Arzumanyan Sputnik radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, havo harorati Selsiy bo‘yicha 30 darajadan oshganda, odamning terlashi sezilarli darajada ko‘payadi va shu bilan organizm suv va ozuqaviy moddalarni yo‘qotadi. Ushbu yo‘qotishlarni qoplashning eng qulay usuli bu sho‘rva iste’mol qilishdir. Chunki uning tarkibida suyuq holda o‘zlashtirilishi oson bo‘lgan zarur moddalar va vitaminlar mavjud.
«Ter asosan suvdan iborat, tarkibida azotli moddalar, mineral tuzlar, mikroelementlar, vitaminlar ham mavjud. Issiq yozdagi parhez tarkibida to‘liq miqdorda oqsillar, suvda eruvchan vitaminlar, minerallar va kam to‘yingan yog‘larning optimal miqdori bo‘lishi muhimdir. Shu nuqtai nazardan, oson hazm bo‘ladigan sho‘rvalar yaxshi tanlovdir», — dedi Margarita Arzumanyan.
Shifokor iliq va issiq sho‘rvalardan foydalanish yaxshiroq ekanligini ta’kidladi.
«Sovuq ovqat hazm bo‘lishi organizmdan harorat ko‘tarilishini talab qiladi, shu bois issiqlikni his qilasiz», — deydi mutaxassis.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter