Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gigiyenadagi xatolar. Shifokorlar jim

Gigiyenadagi xatolar. Shifokorlar jim

Foto: «Konnichiwa.ru»

Kuniga ikki marta tish tozalash, ko‘chadan kelgach qo‘llarni sovunlab yuvish kerakligini bolalikdan bilamiz. Biroq shunday gigiyena qoidalari borki, ular haqida bizga na ota-onamiz, na shifokorlar aytishadi. Shuning uchun ham har kuni o‘zimizni parvarishlashda xatolarga yo‘l qo‘yib, sog‘ligimizga, husnimizga putur yetkazamiz, deb yozadi «RAMBLER».

Dushda yuz yuvish

Dush qabul qilayotganda ko‘pincha yuzimizni tizillab oqayotgan suvga tutib yuvamiz. Biroq bu muolaja biz o‘ylaganchalik bezarar emas ekan. Gap shundaki, issiq suv kuchli bosim bilan tushganda mayda kapillyarlarni shikastlaydi va shu tariqa terining himoya to‘sig‘ini ishdan chiqaradi.

Terni qo‘l bilan artish

Sport bilan shug‘ullanganda har doim ham yonimizda sochiq yoki nam salfetka bo‘lmasligi mumkin. Shu bois ko‘pincha yuzimizdagi terni qo‘limiz bilan artib olamiz. Kimningdir terisiga bu hech qanday ta’sir o‘tkazmasligi mumkin. Ammo kimlarningdir yuzida qizarish, husnbuzar va toshmalar paydo bo‘ladi. Bunga sabab, qo‘l terisining har bir kvadrat santimetr joyida taxminan 1500 ta bakteriya yashaydi. Ularning ayrimlari hatto yuvgandan keyin ham qo‘lda qolib ketadi.

Cho‘tkani kosmetikada qoldirish

Kosmetichka — bakteriyalar ko‘payishi uchun qulay joy. Kilolab tonal kremi, pomada va tenlar ostida saqlangan cho‘tka va sponja mikroblar makoniga aylanadi. Ular ovqatdan zaharlanish, teri va qon infeksiyalari, hatto zotiljamni keltirib chiqarishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring