Kimlarga kartoshka iste’mol qilish tavsiya etilmaydi?
Qandli diabet va insulin rezistentligi bilan og‘rigan odamlar toblangan va qovurilgan kartoshka iste’mol qilishdan bosh tortishlari kerak, dedi rossiyalik diyetolog Yelena Solomatina. U bunday bemorlarga glikemik indeksni kamaytirish uchun ovqatdan oldin kartoshkani sovutishni maslahat berdi, deya ma’lum qildi «Moskva 24».
Kartoshkani toblaganimizda yoki qaynatganimizda ularning glikemik indeksi ko‘tariladi. Kraxmal qandga aylanadi va qondagi glyukoza miqdorini oshiradi. Shuning uchun bunday kartoshkani diabetga chalinganlar, diabetdan oldingi holat, ya’ni insulin rezistentligi bo‘lganlar va ortiqcha vazn to‘plashga moyil bo‘lganlar ko‘p iste’mol qilmasligi kerak, deb tushuntirdi Solomatina.
U shuningdek, odamlarga ko‘p kartoshka iste’mol qilish odatda zararli ekanligini qo‘shimcha qildi, chunki ular organizmga zararli bo‘lgan toksik elementlarni o‘z ichiga oladi. Solomatinaning fikriga ko‘ra, kartoshka pyuresi ortiqcha vazn olishga moyil bo‘lgan odamlar uchun taqiqlanadi. Gap shundaki, u qand va yog‘ni o‘z ichiga oladi, bu taomga katta miqdorda kaloriya qo‘shadi. Bundan tashqari, diyetologning aniqlik kiritishicha, psixologik omil ham rol o‘ynaydi: kartoshka pyuresi osongina yutiladi, shuning uchun yana-da ko‘proq yegingiz kelaveradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter