Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barmoqlar uvushishi nimadan darak?

Barmoqlar uvushishi nimadan darak?

Foto: «Zdorovye-lyudi»

Aslida barmoqlar uvushishining o‘zi kasallik hisoblanmaydi. Lekin u jiddiy xastaliklarga ishora qiluvchi alomat bo‘lishi mumkin.

 Osteoxondroz

Bu dardga tashxis qo‘yish qiyin, ammo qo‘l barmoqlari uvushishi umurtqaning bo‘yin qismi harakat mexanikasi ishdan chiqqanidan darak beradi. Mazkur alomatni bartaraf etish hamda turmush darajasini yaxshilash uchun muntazam tinchlantiruvchi massaj va gimnastika qilish tavsiya etiladi.

Churra

Yana bir jiddiy xastalik. Unga barmoqlar uvushishi ishora qiladi. Ba’zan umurtqa churrasi shunday belgi berishi mumkin.

Yurak kasalliklari

Qo‘l barmoqlari uvushishi yaqinlashib qolgan infarktdan bevosita oldin sodir bo‘lishi yoki boshqa yurak-qon tomir kasalliklari alomati bo‘lishi mumkin. Har qanday vaziyatda kardiolog bilan maslahatlashish kerak.

Diabet

Bu kasallik qon aylanishi buzilishi bilan kechadi. Birinchi galda, oyoq-qo‘llardagi mayda tomirlar aziyat chekadi, natijada barmoqlar uvushib qoladi. Diabetni istisno qilish uchun biokimyoviy qon tahlilini topshirish va qonda glyukoza darajasini tekshirish kerak.

Vitaminlar tanqisligi

Barmoqlar V guruhidagi vitaminlar, avvalo, V12 vitamini yetishmovchiligi tufayli uvushishi mumkin. Taomnomaga ko‘proq don va oqsilli mahsulotlarni kiriting.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring