Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘limga olib keladigan alomatsiz kasallikni aniqlash usuli topildi

O‘limga olib keladigan alomatsiz kasallikni aniqlash usuli topildi

Foto: «Zonemed.ru»

Amerikalik kardiologlar aorta anevrizmasi xavfini inqirozli holat — uning yorilishiga qadar aniqlashning oddiy va oson usulini topdilar. Bu haqda The American Journal of Cardiology xabar bermoqda.

O‘limga olib keladigan ushbu alomatsiz kasallik shifoxonaga yotqizilgunga qadar bemorlarning 50 foizini hayotdan olib ketadi. Operatsiyadan keyin esa ularning tirik qolishi — 50 ga 50 bo‘ladi.

«Anevrizma kasalligida eng katta muammo — anevrizma yorilishidan oldin aholi orasida kasallikning yashirin tashuvchilarni aniqlash imkoniyati», — deydi tadqiqot katta muallifi va Konnektikutdagi Nyu-Xeyven Yel shifoxonasida Aorta tadqiqotlari instituti direktori, doktor Jon A.Elefteriades.

Kardiologlar diagnostika uchun bosh barmoqni oddiy tekshirish usulini taklif qilishdi. Biror kishiga «To‘xta!» deganday, qo‘lni ko‘tarish, so‘ngra bosh barmoqni iloji boricha jimjiloqqa cho‘zish kerak. Tadqiqotchilarning aytishicha, bosh barmoq kaft chetidan chiqib qolsa, bu aorta anevrizmasining yashirin alomati bo‘lishi mumkin va shifokorga ko‘rinish kerak.

Test paytida bosh barmoqni siljitish imkoniyati ham suyaklarning ingichkaligi va cho‘zilganligi, bo‘g‘imlarning zaiflashuvi esa butun tanadagi biriktiruv to‘qimalari, shu jumladan, aorta kasalliklari alomati bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi olim.

Test paytida barmoqni harakatga keltira oladigan har kimga ham anevrizma xavf solmaydi. Doktor Elefteriadesning fikricha, ushbu test tashxisni tasdiqlash uchun yetarli vosita bo‘lmasa-da, oilaviy anamnezida aorta anevrizmasi bo‘lganlarga tavsiya qilinishi kerak.

Amerikalik kardiologlarning fikriga ko‘ra, aorta anevrizmasi asosan 50 va undan katta yoshdagi erkaklarda kuzatiladi. Kasallikning aniq sabablari noma’lum. Ammo chekish tomirlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning qattiqlashishiga olib keladi. Yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan taomnoma va ortiqcha tana vazni qon tomirlari yorilishi xavfini oshiradi.

Bosh barmoq testi yurakdan tepaga chiquvchi qon tomir — aorta anevrizmasi kelib chiqishini aniqlash usuli sifatida tavsiya etiladi. Biroq anevrizmalar aortaning turli qismlarida, shu jumladan, oyoq arteriyalariga olib keluvchi qorin sohasida paydo bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring