Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh bolasini kaltaklagan samarqandlik ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yosh bolasini kaltaklagan samarqandlik ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bir muddat oldin Samarqand viloyati Urgut tumani Vatak mahallasida yashovchi fuqaro G.O. ning Rossiyada ishlab yurgan turmush o‘rtog‘iga jahl qilib, o‘zining voyaga yetmagan farzandini kaltaklagani va bu holatni videotasvirga olib, videoni turmush o‘rtog‘iga yuborgani hamda voyaga yetmagan farzandlarini o‘ldirish bilan uni qo‘rqitgani haqida xabar berilgan edi.

Viloyat IIBga ko‘ra, holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro G.O. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi va 112-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jabrlanuvchining ahvoli yaxshi bo‘lib, shifokorlar kuzatuvida. Jinoyat ishi esa viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring