Yo‘lovchi tashish xizmati uchun 5 mingta avtobus xarid qilinadi – Transport vazirligi
Transport vazirligi ishlab chiqqan Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, 2026-yilga qadar yo‘lovchi tashish xizmatlari uchun respublika bo‘yicha jami 5 mingta avtobus xarid qilinadi.
Qaror loyihasiga muvofiq, 2022-2026-yillarda:
- 5 000 ta avtobus va mikroavtobus xarid qilinadi;
- 278 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi;
- 81 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi yoki rekonstruksiya qilinadi.
Shuningdek, 2024-yil 1-yanvardan boshlab shahardagi magistral, bog‘lovchi, halqa yo‘nalishlarida hamda shahar atrofidagi magistral va bog‘lovchi yo‘nalishlarda, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda faqat avtobus va mikroavtobuslardan (M2 va M3 toifali avtotransport vositalari) foydalanish bo‘yicha takliflar ma’qullanishi mumkin.
Bundan tashqari, 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha avtovokzal va avtostansiyalarda shaharlararo va xalqaro avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha yagona elektron onlayn chipta sotish tizimi joriy etiladi.
Transport vazirligi avtovokzal va avtostansiyalardagi jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish va «onlayn» monitoring qilish maqsadida joriy yil yakuniga qadar «Ye-Vokzal» elektron platformasini ishga tushiradi. Belgilanishicha, 2022-2026-yillarda avtovokzal va avtostansiyalarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi to‘liq tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter