Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangilanayotgan Konstitutsiyadan «ma’naviyat» so‘zi chiqarib tashlandi

Yangilanayotgan Konstitutsiyadan «ma’naviyat» so‘zi chiqarib tashlandi

Yangilanayotgan Konstitutsiyada axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga sabab bo‘luvchi normalar qatorida «xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyati» tushunchasi ham kiritilgan edi.

Parlament Quyi palatasida bo‘lib o‘tgan bugungi yig‘ilishda mazkur jumladagi «ma’naviyat» so‘zi «ijtimoiy axloq» iborasi bilan almashtirilishi aytildi.

Mazkur tuzatishdan so‘ng, Bosh qomusning 33-moddasi loyihasi:

«Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.

Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.

Davlat Internet tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, xalqning sog‘lig‘ini va ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi», deya deya qayta tahrirlandi va deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Quyi palata Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyevning ta’kidlanishicha, mazkur tushuncha amaldagi qonunchiligimizda ham, xalqaro hujjatlarda ham mavjud.

Masalan, BMTning «Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risida»gi xalqaro pakti 19-moddasida har kim o‘z fikrini erkin ifodalash, axborot izlash, olish va tarqatish huquqiga ega ekanligi, ushbu huquqdan foydalanish alohida mas’uliyat va javobgarlik yuklashi belgilangan. Mazkur moddaning 3-bandida esa davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligi yoki axloqini (ingliz tilida «public health or morals» jumlasi ishlatilgan) yoki boshqalarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish uchun zarur bo‘lganda ushbu huquqlar qonun bilan cheklanishi mumkinligi aniq yozib qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring