Yangi ko‘krak nishoni ta’sis etilmoqda
Hukumatning tegishli qarori loyihasiga ko‘ra, “Barqaror rivojlanish maqsadlari sari” ko‘krak nishoni ta’sis etish rejalashtirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, ko‘krak nishoni bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda tashabbuskor fuqarolar mukofotlanishi mumkin.
Qayd etilishicha, ko‘krak nishoni har yili 25-sentyabr — Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish sohasidagi BMT kun tartibi tasdiqlangan kuni arafasida tantanali ravishda topshiriladi. Taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.
Mazkur mukofotlar bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mablag‘i bilan har yili 1-sentyabr – Mustaqillik bayrami arafasida taqdirlanganlarga topshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter