Xorazmning ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlandi
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Shovot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.
Xususan, xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimiga Axmedov Shuhrat Kurvondurdiyevich tasdiqlandi.
Sh. Axmedov bunga qadar Tuproqqal’a tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, Xolboyev Oybek Madaminovich xalq deputatlari Shovot tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Shovot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
O.Xolboyev tayinlovga qadar Urganch shahri hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter