Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xivada Xalqaro etnosport festivali bo‘lib o‘tadi

Xivada Xalqaro etnosport festivali bo‘lib o‘tadi

2023-yil 7–10-sentyabr kunlari Xivada Xalqaro etnosport festivali o‘tkaziladi.

Hukumatning joriy yil 12-iyundagi 240-son qaroriga ko‘ra, festival har 2 yilda bir marta o‘tkaziladi.

Festival doirasida, jumladan, sportchilar ishtirokida xalqaro musobaqalar, ikki bosqichli milliy osh pishirish chempionati, naqqoshlik va kashtado‘zlik san’ati ko‘rgazmasi hamda kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil qilinadi.

ShUningdek, o‘zbek, fors, arab, rus tillarida nashr etilgan adabiyotlar namoyishi ham bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasida xalqaro musobaqa g‘olib va sovrindorlari medal va diplomlar bilan taqdirlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring