Xaridorlarga keshbek berishda chegaraviy miqdor o‘rnatildi
1 foiz keshbek olishda chegaraviy miqdor o‘rnatildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Prezidentning joriy yil 10-yanvardagi PQ-13-son qarori bilan bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Jumladan, 2024-yil 1-yanvardan xarid summasidan 1 foiz keshbek olishda oylik xarid summasiga chegaraviy miqdor (BHMning 60 baravari) o‘rnatildi.
Ya’ni, endi xaridorlar 1-yanvardan oyiga eng ko‘pi bilan BHMning 60 baravari (ayni kundagi miqdor – 20,4 mln so‘m)gacha bo‘lgan xarid summasidan keshbek olishlari mumkin.
Korporativ kartalar orqali sotib olinadigan tovarlar uchun esa keshbek berish bekor qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter