Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarning xarid cheklaridan ham «keshbek» qaytarilmaydi

Endi o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarning xarid cheklaridan ham «keshbek» qaytarilmaydi

Prezidentning joriy yil 10-fevraldagi tegishli Farmoni bilan 2021-yil 4-oktyabrda qabul qilingan PQ-5252-sonli qarorning xarid cheklaridan «keshbek» qaytarishga oid 1-bandiga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, endilikda budjetdan xarid cheklarining fiskal belgisini QR-kod yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga xarid summasining 1 foizi qaytarib berilmaydigan xaridlar turlari, jumladan, avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo‘l va avia chipta xaridi hamda kommunal va aloqa xizmatlari qatoriga o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar ham kiritildi. 

Ya’ni, endi o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar beradigan xarid cheklaridan ham 1 foizli «keshbek»lar qaytarilmaydi. 

Ma’lumot uchun, o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar — mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olinmagan, mehnat staji hisobga olinishi va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Ular mehnat faoliyatini amalga oshirishda olgan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lamaydi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring