Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuproq bosib qolganlar chiqarib olindi: 2 nafari vafot etgan, bir nafari shifoxonada

Tuproq bosib qolganlar chiqarib olindi: 2 nafari vafot etgan, bir nafari shifoxonada

Bir muddat oldin Toshkent shahar Uchtepa tumanida 3 nafar ishchini tuproq bosib qolgani haqida xabar qilingan edi.

Uchtepa tumani hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, tumanning «Beshqayrog‘och» ko‘chasida olib borilayotgan kollektor qurilishida 5 nafar «Shafoat» MChJ xodimlari ishlayotgan bo‘lgan. Baxtsiz hodisa tufayli 2 nafar ishchi xodim vafot etgan, bir nafar xodim esa ayni damda shifoxonada. Qolgan 2 nafar ishchilarning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda.

«Ayni damlarda, tuman Ichki ishlar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda», – deyiladi hokimlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring