Toshkentga yana 18 metrli xitoy elektrobuslari keltirildi
Xitoyning «Xiamen King Long United Automotive Industry Co., Ltd» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 18 metrli «King Long» rusumli elektrobus «Toshshahartransxizmat» AJga rasman topshirildi.
Tez kunlarda ushbu zamonaviy, qulay va ekologik toza elektrobus poytaxt ko‘chalarida aholiga xizmat ko‘rsata boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprelida XXRning ushbu kompaniyasi va «Toshshahartransxizmat» AJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, 200 ta «King Long» rusumli o‘ta katta sig‘imli tabiiy gazda ishlaydigan avtobus olib kelingan va hozirda shahar ko‘chalari bo‘ylab yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter