Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi Bo‘zsuv kanaliga 18 ta korxonadan kimyoviy ifloslangan suv tashlanayotgani aniqlandi

Toshkentdagi Bo‘zsuv kanaliga 18 ta korxonadan kimyoviy ifloslangan suv tashlanayotgani aniqlandi

«Bo‘zsuv oqava suv tozalash» inshootida o‘tkazilgan tekshiruvlarda Bosh prokuratura hamda Ekologiya vazirligi mutaxassislari ob’yektga Toshkent shahrida joylashgan  18 ta (15 ta tekstil va 3 ta qushxona) tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan oqova suv tarmog‘iga yuqori konsentratsiyada ifloslangan, kimyoviy moddalari mavjud bo‘lgan oqova suvlar oqizib kelinayotganligi aniqlandi.

Qayd etilishicha, mazkur inshoot kelib tushgan oqova suvlarni biologik tozalashga mo‘ljallangan bo‘lib, unda oqova suvlarni kimyoviy va fizikaviy tozalash imkoniyatlari mavjud emas.

Oqizilayotgan oqovalarda esa me’yorga nisbatan azot ammoniy konsentratsiyasi, azot nitrit, kislorodning biologik iste’moli, kislorodning kimyoviy iste’moli, neft mahsulotlari, fosfor, temir va xrom ortiqcha ekanligi oqibatida, inshoot atrofidagi havoda vodorod sulfidi miqdori me’yordan oshib ketib, ifloslangan suv «Quyi Bo‘zsuv» kanaliga quyilmoqda va badbo‘y hid tarqalayotganligi hududda yashovchi aholining noroziliklariga sabab bo‘lmoqda.

Bosh prokuratura qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni  «Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ tomonidan  muqaddam berilgan ogohlantirish va laboratoriya tahlil natijalari bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etmaganlarga nisbatan ichimlik va oqova suvi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring