Toshkentda ichimlik va oqova suvi tarifi qariyb 3 baravar oshirildi

Unga ko‘ra, poytaxtda ichimlik va oqova suvi bo‘yicha yangi tariflar belgilandi. Bu haqdagi qaror 24 noyabr kuni xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan ma’qullangan.

Jumladan, jismoniy shaxslar, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun suvning bir kub metri narxi 1400 so‘m, oqova suv uchun 1000 so‘m etib belgilandi. Yuridik shaxslar uchun tariflar - ichimlik suvining har kub metri uchun 3000 so‘m, oqova suv uchun esa 2200 so‘m.

Yangi tariflar qaror e’lon qilinganidan keyin 15 kun o‘tgach, ya’ni 9 dekabrdan kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter