Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ichimlik va oqova suvi tarifi qariyb 3 baravar oshirildi

Toshkentda ichimlik va oqova suvi tarifi qariyb 3 baravar oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Unga ko‘ra, poytaxtda ichimlik va oqova suvi bo‘yicha yangi tariflar belgilandi. Bu haqdagi qaror 24 noyabr kuni xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan ma’qullangan.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining ichimlik va oqova suv tariflarini oshirish haqidagi qarori

Jumladan, jismoniy shaxslar, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun suvning bir kub metri narxi 1400 so‘m, oqova suv uchun 1000 so‘m etib belgilandi. Yuridik shaxslar uchun tariflar - ichimlik suvining har kub metri uchun 3000 so‘m, oqova suv uchun esa 2200 so‘m.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi tomonidan tasdiqlangan yangi narxlar

Yangi tariflar qaror e’lon qilinganidan keyin 15 kun o‘tgach, ya’ni 9 dekabrdan kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring