Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi ayrim masjidlarga imom-xatiblar tayinlandi

Toshkentdagi ayrim masjidlarga imom-xatiblar tayinlandi

Toshkent shahridagi «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga Rahmatulloh domla Sayfuddinov tayinlandi. Bu haqda namozxonlarga bugun, 16-mart kuni peshin namozidan keyin O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari e’lon qildi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi quyidagi markaziy jome masjidlarga:

Chig‘atoy dahasidagi «Imom Buxoriy» masjidi imom-xatibi Sadriddin domla Abdurashidov Olmazor tumani «Ibrohimboy Orifjonboy» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;

Ko‘kcha dahasidagi «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi Yahyo domla Abdurahmonov Chig‘atoy dahasidagi «Imom Buxoriy» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;

«Minor» jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasidan ajralmagan holda Ko‘kcha dahasidagi «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandilar. 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring