Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Tesla» qasddan yoqib yuborildi

Toshkentda «Tesla» qasddan yoqib yuborildi

Kecha, 17-aprel kuni soat 23:51 da Mirzo Ulug‘bek tumani Yalang‘och MFYda «Tesla» rusumli elektromobil yoqib yuborildi.

Aniqlanishicha, yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar va jarohat olganlar yo‘q. Qutqaruv hodimlari darhol voqea joyiga yetib kelib yong‘inni o‘chirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, sodir bo‘lgan yong‘inga elektromobil egasi va uni yoqib yuborgan kishining o‘zaro kelishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi («Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, elektromobilni yoqib yuborgan 37 yoshli fuqaro qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring