Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchisining oila a’zolari tomonidan kaltaklandi
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisi 8 iyun kuni maktab o‘quvchisi va uning oila a’zolari tomonidan kaltaklandi.
Janjal oqibatida jarohatlangan o‘qituvchi «tez yordam» mashinasida shifoxonaga olib ketilgan.
Qayd etilishicha, kelishmovchilik dastlab o‘quvchilarning o‘qituvchiga qilgan behurmatligi oqibatida yuzaga kelgan. Jumladan, shu yilning 8 iyun kuni informatika fani o‘qituvchisi S.B. taxminan soat 16:00 larda maktab oldidagi do‘kondan suv olib uyiga ketayotgan vaqtida shu maktabning 9-sinf o‘quvchilari tomonidan uyatsiz so‘zlar bilan haqoratlangan. O‘qituvchi esa o‘quvchilar oldiga kelgan va haqoratlagan o‘quvchini tartibga chaqirish maqsadida uni maktab binosi ichiga olib kirgan. Maktab binosida o‘tgan suhbatda S.B. o‘quvchining bo‘yin sohasi orqa tomonidan ushlab tartibga chaqirgan, tinchlantirmoqchi bo‘lgan.
O‘quvchi S.S. esa voqeadan keyin uyiga borib, akasi, ya’ni shu maktabning 10-sinf o‘quvchisi S.S.ni chaqirib keladi. Aka-uka maktabga kelarkan, u yerda bo‘lib turgan o‘qituvchini ura ketgan. Oqibatda, o‘qituvchi yuz qismidan tan jarohatlari olgan.
Ammo kelishmovchilik shu bilan tugamagan. Voqeadan biroz o‘tib, o‘quvchilarning janjaldan xabar topgan ota-onasi ham maktabga keladi va o‘qituvchini haqoratlab, maktab mulki bo‘lgan eshik oynalarini sindirib tashlaydi.
Voqea yuz bergan vaqtda o‘qituvchilar tomonidan tez yordam chaqirtirilib, yordam ko‘rsatish maqsadida o‘qituvchi S.B. 16-markaziy kasalxonaga olib ketilgan.
Holatga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova munosabat bildirdi. Jumladan, vazirlik matbuot xizmatining vazir munosabati, deya taqdim etgan izohida aytilishicha, ayni paytda holat yuzasidan IIB surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter