Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda metro poyezdi tagiga o‘zini tashlashga uringan shaxs ushlab qolindi

Toshkentda metro poyezdi tagiga o‘zini tashlashga uringan shaxs ushlab qolindi

Toshkent metropolitenining «Paxtakor» bekatida baxtsiz hodisaning oldi olindi.

Gap shundaki, 20-fevral kuni soat 19:20 larda metroning «Chilonzor» bekatida poyezdga chiqqan 1997-yilda tug‘ilgan Toshkent shahrida yashovchi D.O. «Paxtakor» bekatiga kelgan vaqtida o‘z joniga qasd qilish niyatida o‘zini poyezd tagiga tashlashga uringan. Mazkur bekat platformasida xizmat olib borayotgan Metropolitenda XTB Saf bo‘linmalari ikkinchi batalon, safdor xodimi, safdor A.Dalaboyevning hushyorligi va tezkorligi sabab uning hayoti saqlab qolingan.

Surishtiruv davomida aniqlanishicha, fuqaro D.O. 2016-yildan buyon ruhiy-asab kasalliklari dispanserida shizofreniya tashxisi bilan ro‘yxatda turgan. Onasi F.A. voqea joyiga chaqirtirilib, D.O. unga sog‘-salomat holda topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring