Toshkentda konditsionerini ishlatmagan avtobus haydovchisi jazolandi
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchisi harakat vaqtida sovitish tizimini (konditsioner)ni yoqmagani bir necha yo‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 7-iyun kuni, soat 10:12 lar atrofida, «Toshshahartransxizmat» AJning «12-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01| 847 ZJA bo‘lgan, 59-sonli yo‘nalish haydovchisi Zokirov Olim o‘z boshqaruvidagi avtobusning sovitish tizimi (konditsioner) ni yoqmagan holda harakatlanib, «Sergeli 7-mavze» bekatida yo‘lovchilar e’tirozidan so‘ng sovitish tizmi (konditsioner) ni yoqgan holda harakatlanganligi aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ hamda «12-Avtobus saroyi» filiali mas’ul xodimlari tezkorlik bilan 59-sonli avtobus yo‘nalishining oxirgi bekati hisoblangan «Do‘stlik - 2 shox bekati» ga yetib borib, yo‘lovchilar noroziligiga sabab bo‘lgan haydovchi bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi ko‘rilishi belgilangan.
Korxona ichki tartib qoidasiga binoan, haydovchilar avtobus salonida sovitish tizimi (konditsioner) ni soat 8:00 dan 19:00 ga qadar yoqgan holda harakatlanishlari belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter