Toshkentda isitish davrini yakunlash rejalashtirilyapti

Toshkent shahar hokimligi mart oyidan havo harorati isigani va o‘rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo‘layotganligini inobatga olgan holda, 2023-yilning 10-mart kunidan 2022-2023-yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilayotganligini ma’lum qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Hukumatning 2014-yil 15-iyuldagi «Kommunal xizmatlar ko‘rsatishni tasdiqlash qoidalari to‘risida»gi 194-sonli qaroriga muvofiq, xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda Yetkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi.
Qarorga ko‘ra, isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter