Toshkentda 18 metrli avtobus yo‘l chetiga chiqib ketdi
31-yanvar, chorshanba kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani 18-avtobus saroyi oldida 18 metrli avtobusning yo‘l chetiga chiqib ketgani aks etgan videolavhalar tarqaldi.
«Toshshahartransxizmat» korxonasining aniqlik kiritishicha, bugun soat 08:30 larda, «18-Avtobus saroyi» filialining «King Long» rusumli 11-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan katta sig‘imli avtobusi 18 avtobus saroyi qarshisida yo‘nalishga chiqib ketayotgan vaqtda YTH sodir etgan.
Ma’lum qilinishicha, YTHga yog‘ingarchiliklar ortidan shu hududda yo‘l qoplamasi cho‘kib, loyli qatlam hosil bo‘lgani va avtobusning sirg‘anib ketishi oqibatida haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan.
Hodisa vaqtida avtobus salonida yo‘lovchilar bo‘lmagan va hech kimga tan jarohati yetmagan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobusga ham shikast yetmagan. Hozirda avtobus maxsus yuk avtomashinasi yordamida qiyalikdan chiqarilgan va o‘z yo‘nalishida harakatlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter