«Toshkent-Xojikent» yo‘nalishidagi elektropoyezd qatnovi noma’lum muddatga to‘xtatildi
«Toshkent-Xojikent» yo‘nalishidagi elektropoyezd qatnovi noma’lum muddatga to‘xtatildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi xabar bermoqda.
Rasmiy tushuntirishga ko‘ra, vaqtinchalik to‘xtatilayotgan elektropoyezd qatnovi harakat tarkibini modernizatsiya qilish ishlari bilan bog‘liq.
Mazkur yo‘nalishda joriy yil 8-noyabrdan quyidagi reyslar bekor qilingan:
- 6435/6436-sonli «Toshkent — Xojikent — Toshkent» yo‘nalishi;
- 6441/6442-sonli «Toshkent — Xojikent — Toshkent» yo‘nalishi.
Kompaniya foydalanuvchilardan keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.
Mazkur yo‘nalishda avvalroq ham bir nechta poyezd qatnovlari bekor qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida «Toshkent-Chirchiq-Xojikent» tezyurar shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi 2022-yilning 24-sentyabrdan boshlab joriy etilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter