«Afrosiyob»da qo‘shimcha reyslar qo‘yildi

Navro‘z bayrami kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida 17-martdan 23-martgacha Samarqanddan Toshkentga «Afrosiyob» elektropoyezdi yo‘nalishida qo‘shimcha 6 ta reys harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
767-sonli «Samarqand — Toshkent» yo‘nalishi
Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19;
768-sonli «Toshkent — Samarqand» yo‘nalishi
Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.
Shuningdek, «Toshkent — Qarshi — Toshkent» yo‘nalishida qo‘shimcha qo‘shimcha 2 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd amaldagi jadval asosida harakatlanadi:
780-sonli «Toshkent — Qarshi» yo‘nalishi
Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21
779-sonli «Qarshi — Toshkent» yo‘nalishi
Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter