Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida narkokurer 4,8 mlrd so‘mlik sintetik modda bilan qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatida narkokurer 4,8 mlrd so‘mlik sintetik modda bilan qo‘lga tushdi

Toshkent viloyati IIBB va Bo‘stonliq tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikdagi organlar bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirida ko‘p miqdordagi sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatish maqsadida olib ketayotgan shaxs ushlandi.

Xabarda aytilishicha, tadbiri davomida 33 yoshli fuqaro M.I. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hududida gumonlanib tekshirilgan.

Uning yonida bo‘lgan avtomobil ehtiyot qismi (reduktor) tekshirilganda, ehtiyot qism ichiga joylashtirilgan 12 ta o‘ramdagi, (qora bozordagi taxminiy narxi 4 mlrd 800 million so‘mga teng) bo‘lgan, 6 kg sintetik giyohvandlik vositasi (ekspertiza xulosasi) borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Ushlangan shaxsning yashash xonadoni tekshirilganida esa sintetik vositalarni kichik miqdorga ajratib, qadoqlash va tarqatish uchun kerakli vositalar borligi ma’lum bo‘lgan.

Dastlabki surishtiruvga ko‘ra, unga ushbu sintetik giyohvandlik vositalari tegishli telegram boti orqali Qirg‘izistondan vodiy viloyatlari orqali yetkazib berilganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu sintetik giyohvandlik vositalarining manbasini aniqlash bo‘yicha tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 273 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring