Toshkent aholisi 1 iyunga qadar navbati bilan ichimlik suvi ta’minotidan uziladi
«Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ iste’molchilarga ichimlik suv bosimining pasayishi va vaqtincha bo‘lmasligi haqida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil bahorgi-yozgi mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan suv poytaxtning barcha tumanlarida 27 apreldan 1 iyunga qadar har kuni navbati bilan to‘xtatiladi.
Ushbu havola orqali ichimlik suvi to‘xtatiladigan manzillar va o‘chish vaqti haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.
Korxona suv ta’minoti to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkazib berilishini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter