Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarvuz ortilgan yuk mashinasi YTHga uchradi. Qurbon bor

Tarvuz ortilgan yuk mashinasi YTHga uchradi. Qurbon bor

Qamchiq dovonining Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan qismida Isuzu va 3 ta yengil mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

27-may kuni sodir bo‘lgan YTHda «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida yukxonasida tarvuz bo‘lgan Isuzu yuk avtomashinasining tormoz qismi ishlamay qolishi natijasida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va shu yo‘nalishda turgan Kia, Damas va 2 ta Cobalt avtomashinalariga urilib, ovqatlanish maskani hududidagi favvoraga borib tushgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan va uch nafar fuqaro tan jarohati bilan Pop tumani shifoxonasiga yuborilgan.

Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli tashkilotlar vakillari yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv boshlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring