Sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun ajratish taqiqlandi
Joriy yil 19-iyundagi Prezidentning PF-99-son Farmoni bilan 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga o‘zgartirish kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, endilikda sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofazaga olinib, ushbu yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik ob’yektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek, unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur bandning eski tahririda ham shu mazmundagi cheklov majud edi. Biroq Prezident qarorlari bilan ajratiladigan yerlar ushbu tartibdan istisno qilingan edi.
Endilikda, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan ajratiladigan yerlar bundan mustasno”, jumlalari ushbu banddan olib tashlandi va sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun ajratish to‘liq taqiqlandi.
Shuningdek, PF-99-son Farmon bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
- Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish (realizatsiya qilish);
- Yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni to‘liq chiqarib tashlash;
- Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlarini kompensatsiya qilish.
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilarining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik sub’yektiga yetkazilgan zararning o‘rni sud qarori asosida to‘la hajmda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan qoplanadi, keyinchalik aybdor shaxslardan to‘liq miqdorda regress tartibida undirib olinadi.
Shuningdek, endilikda sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarini qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik ob’yektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek, unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muqaddam bu qoida Prezident qarorlari bilan ajratiladigan yerlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter