Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-aprel kuni davlat tashrifi bilan Tojikistonga keldi.
Dushanbe xalqaro aeroportida O‘zbekiston yetakchisini Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.
«Xovar» axborot agentligi bergan xabarga ko‘ra, ikki davlat rahbarlarining aeroportda bo‘lib o‘tgan samimiy suhbatida mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Tojikistonga kelishi bilan samimiy qutlagan.
Oliy darajalagi tashrifi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Dushanbe shahridagi «Dusti» maydoniga tashrif buyurib, birinchi tojik davlati asoschisi – Shoh Ismoili Somoniy haykali poyiga gul qo‘ydi.
Gul qo‘yish marosimida Shavkat Mirziyoyevga Tojikiston Bosh vaziri Kohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar hamrohlik qilgan.
Qayd etilishicha, tashrif doirasida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida yuqori darajadagi uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi hamda keng ko‘lamli ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Undan so‘ng hamkorlikka oid bir qancha yangi hujjatlar imzolanadi va ikki davlat rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Shuningdek, ikki davlat rahbari Tojikiston va O‘zbekiston san’atkorlarining «Do‘stlik abadiy» madaniy dasturida ham ishtirok etadi.
Bundan tashqari, tashrif dasturidan Shavkat Mirziyoyevning qator rasmiylar bilan uchrashuvi hamda Dushanbeda O‘zbekistonning mamlakatdagi elchixonasi yangi binosining rasmiy ochilishidagi ishtiroki joy olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter