Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga tashrif buyuradi
Kecha, 16-oktyabr kuni Turkmaniston prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan mamlakat Vazirlar mahkamasining navbatdagi yig‘ilishida joriy yilning 20-21-oktyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashrifi kutilayotgani ma’lum qilindi.
Mamlakat TIV rahbari R.Meredovning qayd etishicha, Turkmaniston O‘zbekiston tomoni bilan birgalikda tashrif dasturi loyihasi tayyorlab olgan va tashrif davomida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilmoqda.
Yig‘ilishda, shuningdek, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham ikki tomomnlama aloqalar xususida to‘xtalib, ikki qardosh xalqning tarixiy rishtalari va ma’naviy-madaniy qadriyatlari mushtarakligiga asoslangan Turkmaniston-O‘zbekiston munosabatlari o‘zgarmas do‘stona, yaxshi qo‘shnichilik xarakterida ekanini ta’kidlagan.
Shu munosabat bilan Turkmaniston rahbari bosh vazir o‘rinbosari, Tashqi ishlar vazirligi rahbariga O‘zbekiston prezidentining mamlakatga bo‘lajak rasmiy tashrifi va uning doirasida rejalashtirilgan tadbirlarni yuqori tashkiliy saviyada o‘tishni ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter